Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash milliy sertifikati

Orqaga qaytish
  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash testidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarga taqdim etiladigan sertifikat bo’lib, muayyan chet tilini qay darajada bilishni ko’rsatadi.

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 395-sonli (2019-yil, 14-may) qaroriga muvofiq, ushbu sertifikatlar egalariga muayyan imtiyozlar taqdim etiladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy test tizimida jami 14 ta chet tilidan test sinovlari tashkil etiladi. Ular quyidagilar: ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, arab, turk, xitoy, koreys, yapon, hind, pushtu, fors, dariy.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy test tizimi CEFR shkalasi bo’yicha A2, B1, B2, hamda C1 darajalarini qamrab oladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovidan o’tish uchun www.my.dtm.uz vebsayti orqali ro’yxatdan o’tish kerak.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o’tkaziladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi 2 bosqich: yozma va og’zaki bosqichlardan iborat bo’lib, alohida-alohida kunlarda o’tkaziladi. Testning yozma qismi tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar hamda yozish bo’limlarini o’z ichiga oladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovining yozma bosqichi quyidagicha vaqt ajratiladi:
    C1 -3 soat 30 daqiqa
    B2- 3 soat 20 daqiqa
    B1 - 3 soat 5 daqiqa
    A2- 2 soat 30 daqiqa

  • Quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin https://dtm.uz/page/talabgorlar_uchun_eslatma

  • Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

  • To‘lovni ikkita variantda amalga oshirish mumkin:
    Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizim nomzodning shaxsiy kabinetida Davlat test markazining kvitansiyasi va bank ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hisob-fakturani rasmiylashtiradi.
    Variant # 1. "PayMe", "Click" yoki boshqa biron bir onlayn to‘lov provayderining ilovasiga kiring va to‘lov kvitansiyasi raqamini va to‘lov summasini kiritishingiz kerak bo'lgan "DTM" bo‘limini tanlang.
    Variant # 2. To‘lov uchun har qanday mahalliy bank idorasiga to‘lov uchun hisob-fakturani taqdim eting va to‘lov kvitansiyasida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling: 1. Kvitansiya raqami (ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin taqdim etiladi), 2. Nomzodning familiyasi, 3. To‘lov summasi.

  • Kamida maksimal ballning 60 foizi (90 ball)

  • Test natijalari test sinovlari yakunlangan kundan e’tiboran 3 hafta ichida nomzodlarning shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.

  • Nomzodlar chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijasi ustidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida Davlat test markazi apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyatlari berilgan kundan boshlab 2 hafta muddatda ko’rib chiqiladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati berilgan sanadan boshlab 2 yil muddatda amal qiladi?

  • Quyidagi havola orqali chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikatining haqiqiyligini tekshirish mumkin: https://dtm.uz/info/certificate

  • Nomzodlar test sinovlari formati bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati
    Test savollari namunalarini esa quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/test_namunalari
    Test sinovlarining “Gapirish bo 'limi” savollari va baholash mezonlarini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/cefr_speaking