Aptis for teachers

Orqaga qaytish
  • “Aptis for teachers” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan malaka testi hisoblanadi. Ushbu test oylik ish haqiga qo‘shimcha miqdorida ustama olishni istagan ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

  • Ushbu test har oyda asosiy ish haqiga qo‘shimcha ustama puli olishni istagan ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Agar siz ish beruvchi bo‘lsangiz, o‘qituvchilaringizning malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlang va yuqori darajada ingliz tilini bilishlari uchun imkoniyat yarating.

  • Test sinovning o‘ziga xos xususiyatlari:
    Britaniya Kengashining yetakchi ingliz tili mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
    Ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan (eng yaxshi natijaga erishish uchun o‘qituvchilar tajribasidan kelib chiqib moslashtirilgan).
    Tez, qulay va arzon – bir kun ichida test sinovlarining barcha qismlarini topshiring va testdan 72 soat o‘tgach, natijani oling.
    Maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi – ingliz tilini bilishning haqiqiy darajasini aniqlashga imkon beradi.

  • Agar siz o‘zingizning asosiy ish haqingizga oylik ustama puli olish uchun “Aptis for teachers” testini izlayotgan bo‘lsangiz, testni Davlat test markazida topshirishingiz mumkin.
    Agar siz o‘zingizning ehtiyojingiz uchun “Aptis for teachers” testini qidirsangiz, British Council vakolatxonasi bilan quyidagi elektron manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
    info@britishcouncil.uz, Tel .: +998 71 205 06 60

  • Sinovga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://my.dtm.uz/teacher/

  • Nomzodlar ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ko‘rsatma bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin: https://dtm.uz/page/eslatma_aptis

  • DTM ma’lumotnomalari faqat nomzodning natijalari CEFR shkalasi bo'yicha "C" darajasiga to‘g‘ri kelganda taqdim etiladi.
    Britaniya Kengashi test natijalari hisoboti (TRF) erishilgan ballardan qat’i nazar taqdim etiladi.

  • To‘lovni ikkita variantda amalga oshirish mumkin:
    Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizim nomzodning shaxsiy kabinetida Davlat test markazining kvitansiyasi va bank ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hisob-fakturani rasmiylashtiradi.
    Variant # 1. "PayMe", "Click" yoki boshqa biron bir onlayn to‘lov provayderining ilovasiga kiring va to‘lov kvitansiyasi raqamini va to‘lov summasini kiritishingiz kerak bo'lgan "DTM" bo‘limini tanlang.
    Variant # 2. To‘lov uchun har qanday mahalliy bank idorasiga to‘lov uchun hisob-fakturani taqdim eting va to‘lov kvitansiyasida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling: 1. Kvitansiya raqami (ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin taqdim etiladi), 2. Nomzodning familiyasi, 3. To‘lov summasi.

  • Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 barobari

  • Test sinovlari har oyda bir marta Davlat test markazida o‘tkaziladi.

  • Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida 2019 yil 16 dekabrdagi 01-695-son buyruqqa asosan (O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2019 yil 30 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2520-3), natijalari CEFR shkalasi bo'yicha "C" darajasiga to'g'ri keladigan Aptis for Teacher testidan o'tgan o'qituvchilarga oylik ish haqi uchun DTM ma’lumotnomalari beriladi. Ushbu ma’lumotnoma egalariga uning amal qilish muddati davomida asosiy ish haqining 15% dan 30% gacha miqdorda ustama beriladi.

  • “Aptis for teachers” testlarining tuzilishi va formatida DTM va British Council tomonidan o‘tkaziladigan testlar o‘rtasida farqlar yo'q.

  • Sinov natijalari shaxsiy kabinetda o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida ma’lum qilinadi.

  • Testning taqdim etilgan javoblari Global British Council baholash guruhi tomonidan masofadan turib baholanadi.

  • Aptis for Teacher testlari Davlat test markazi xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.Test sinovi kompyuterda o‘tkaziladi

  • Britaniya Kengashi nomzodning talabiga binoan test natijalari hisobotini taqdim etishi mumkin.

  • “Aptis for teachers” bilan tanishish uchun ko‘plab materiallar va manbalar mavjud:
    aptis_for_teachers_brochure_online_version_2-1.pdf
    aptis_candidate_guide-web_0.pdf
    take